elektromontajli va ishga tushirish ishlari

+99871 250-69-47 +99871 250-69-26
100059  Toshkent sh.,  Shota Pustaveliy ko'chasi, 91

Tezkor ishlash, ishonchli va sifatli !

Слайд - 1
Слайд - 2
Слайд 3
Слайд 4
Слайд 5
Слайд 6
Слайд 7
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
Bizning xizmatlar

Kampaniya haqida

“O’ZELEKTROMONTAJ” AJ tarixi

 

“UZELEKTROMONTAJ” birlashmasi tarixi 1925 yilda tashkil etilgan Davlat elektrotexnik tresti (DET)dan boshlanadi.

 

“O’ZELEKTROMONTAJ” AJ mustaqil ishlab chiqarish birligi sifatida, SSSR Minmontajspesstroy va O’zSSR Minstroyning “Sentroelektromontaj” tresti asosida 1957 yil iyulda tuzilgan.

 

“Uzelektromontaj” birlashmasi jamoasi O’zbekistondagi eng yirik qurilishlarning doimgi ishtirokchisi hisoblanadi: Toshkent tekstil kombinati, CHirchiq elektrkimyo kombinati, Toshkent traktor zavodi, Olmaliq tog’-metallurgiya kombinati, O’zbek metallurgiya zavodi, mashinasozlik kompleksi ob’ektlari; elektrotexnik, elektron, oziq-ovqat va go’sht-sut sanoati korxonalari; Farg’ona, Chirchiq, Olmaliq, Samarqanddagi kimyo zavodlari; Angren ko’mir koni; yengil sanoat ob’ektlari; Toshkent metropoliteni; yagona bo’lgan fuqarolik inshootlari; sog’liqni saqlash, ta’lim, turar-joy ob’ektlari.

Bundan tashqari, birlashma ishtirokida Rossiya Federatsiyasining Novgorod viloyati va Tyumen viloyati Nyagan shahrida ko’pla o’ektlar qurilgan.

 

Oxirgi yillarning o’zidagina “O’ZELEKTROMONTAJ” AJ ishtirokida O’zbekiston Respublikasining muhim ob’ektlari foydalanishga kiritilgan: Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, SHo’rtan gaz-kimyo kompleksi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, “Olmaliq tog’-metallurgiya kombinati” OAJ ob’ektlari, Farg’ona sh. Furan birikmalari zavodi, Bekobod sh. O’zbek metallurgiya zavodi, Narpay NTMK sh/x dagi SVP Zirbuloq AJ, “Navoiy azot” AJ, Vostok DIICHB, Qo’ng’irot sh. Soda zavodi, Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi, Qo’qon spirt zavodi, YAngiqo’qon kimyo zavodi. “Kabul Farg’ona KoLTD” QK, “Qamchiq” va “Rezak” boland tog’ dovonlarida transport tunnelari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis binosi, Toshmetropoliten YUnusobod liniyasi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi, Davlat konservatoriyasi, Andijno viloyatidagi Aim-Tekstil QK, Buxoro sh. davlat rahbarlari qarorgohi va ko’plab maktablar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari ob’ektlarida ishlar amalga oshirilgan. “Uzglazayden” QK va “Farmglas” QK da ishlar bajarilgan.

 

YUqori malakali kadrlar va ishlab chiqarish maydonlarining mavjudligi, elektrta’minot, kuchlanish va yoritish uskunalarini montaj qilish bo’yicha har qanday murakkablikdagi ishlarni o’z vaqtida va yuqori sifatda bajarishga; ishga tushirish va sozlash ishlarini amalga oshirish; elektrotexnik va elektromontaj mahsulotlarini tayyorlashga imkon beradi.

 

Ish amaliyotida yuqori sifat uchun xalqaro fondi Boshqarmasi (Jeneva sh.) 2004 yilda “O’ZELEKTROMONTAJ” OAJ ni “Ish amaliyotida yuqori sifat uchun” oltin medali bilan taqdirladi.

Umumiy soni 700 dan ortiq bo’lgan yuqori malakali kadrlar va ishlab chiqarish maydonlarining mavjudligi, elektrta’minot, kuchlanish va yoritish uskunalarini montaj qilish bo’yicha har qanday murakkablikdagi ishlarni o’z vaqtida va yuqori sifatda bajarishga; ishga tushirish va sozlash ishlarini amalga oshirish; elektrotexnik va elektromontaj mahsulotlarini tayyorlashga imkon beradi. 

Лицензия АО Гувохнома